MAVSUMIY KASALLIKLARDAN HIMOYALANING!
O‘tkir respirator infeksiyalar nafas yo‘llarining kasalliklari bo‘lib, ular bolalarda ko‘proq uchraydi. Bularga rinit, faringit, laringit, traxeit va bronxit kiradi. Kasalliklar alohida yoki birgalikda yuzaga kelishi mumkin.
Kasallik keskin boshlanadi, nafas yo‘llarining turli qismlarida yallig‘lanish paydo bo‘ladi. Uning sababi viruslar va bakteriyalar hisoblanadi. Nafas yo‘llarining tez-tez kasallanishi allergiyaga moyillikni oshirishi mumkin.
Kattalar va bolalar doimo infeksiya bilan ýüzma-юz keladilar. Suhbatlashganda, yo‘talganda va aksirganda mikroblar havoga tarqaladi. Bolalar bir-biriga yaqin bo‘lganlari sababli, ular tezroq yuqtiradilar.
Infeksiya idish-tovoq, eshik tutqichlari, lift tugmalari orqali ham yuqishi mumkin.
Bolalarda o‘tkir respirator infeksiyalar yil davomida bir necha marta uchrashi mumkin. Yig‘-yig‘dan kasallanish immunitetning pasayishiga va rivojlanishning sekinlashishiga olib kelishi mumkin.
Xavf omillari:
-
odam gavjum joylarga tez-tez borish;
-
jigar, buyrak va boshqa organlarning surunkali kasalliklari;
-
stress, ruhiy zo‘riqish;
-
tana sovishi;
-
immunitetning pasayishi;
-
noqulay ekologik sharoitlar.
Ko‘pchilik hollarda tana harorati 37–38°C gacha ko‘tariladi. Bosh og‘rig‘i, mushak va bo‘g‘im og‘rig‘i, charchoq, nafas qisishi, terlash kuzatiladi. Bolalarda esa bezovtalik va uyquning buzilishi paydo bo‘ladi.
Qachon shifokorga murojaat qilish kerak?
Yengil holatlarda uy sharoitida davolash mumkin. Ammo quyidagi holatlarda shifoxona yordami zarur:
-
yuqori harorat uzoq davom etsa;
-
titroq paydo bo‘lsa;
-
nafas olish qiyinlashsa;
-
bola tinmay yig‘lasa;
-
teri rangi o‘zgarsa.
Bolalarning immuniteti to‘liq shakllanmaganligi sababli ular, ayniqsa qishda, infeksiyaga ko‘proq moyil bo‘ladi. Bolani ob-havoga mos tarzda kiydirish zarur.
Sog‘lom immunitetning muhim qismi to‘g‘ri ovqatlanishdir — oqsillar, vitaminlar, uglevodlar yetarli bo‘lishi kerak.
Kasallikni qanday davolash kerak?
Davolashning maqsadi:
-
infeksiyani yo‘qotish,
-
belgilarni yengillashtirish,
-
asoratlarning oldini olish.
Virusli kasalliklarda shifokor antivirus dorilarini buyuradi. Dori vositalarini faqat shifokor belgilashi kerak.
Ilk kunlarda ko‘proq dam olish, xonani shamollatish, ko‘p suyuqlik ichish muhimdir.
Mumkin bo‘lgan asoratlar:
-
sinusit,
-
otit,
-
pnevmoniya.
Shuning uchun shifokor nazoratida bo‘lish juda muhimdir.
