Odamlarni Roziligisiz Tasvirga Olishni Ta’qiqlovchi Qonun Taklif qilindi

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasida fuqarolarning shaxsiy daxlsizligini himoya qilishga qaratilgan yangi qonun loyihasi koʻrib chiqilmoqda. Hujjatda odamlarni ularning roziligisiz suratga yoki videoga olish, shuningdek, ularning tasvirlaridan foydalanishni taqiqlash nazarda tutilgan.

Sep 9, 2025 - 18:14
Odamlarni Roziligisiz Tasvirga Olishni Ta’qiqlovchi Qonun Taklif qilindi

Qonunchilik palatasining rasmiy Telegram kanalida e’lon qilingan bayonotda aytilishicha, axborot-kommunikatsiya texnologiyalarining jadal rivojlanishi ba’zi hollarda shaxsning oʻz tasviridan foydalanishni nazorat qilish huquqining buzilishiga olib kelmoqda. Asosiy muammo — bu huquqni amalda himoya qilish uchun samarali mexanizmlarning yoʻqligidir.

Qonun loyihasida shuningdek, rozilik olinishi shart boʻlmagan holatlar roʻyxati ham aniq belgilab qoʻyiladi. Bundan tashqari, hujjatda mehnat munosabatlari doirasida tasvirlardan foydalanishga oid huquqiy jihatlar ham aniqlashtiriladi.

Ushbu qonunning qabul qilinishi shaxsiy hayotni himoya qilishga oid huquqiy kafolatlarni kuchaytirishi va jamoat joylarida suratga olish bilan bogʻliq suiiste’mollarning oldini olishi kutilmoqda.