Olimlar bir ukysiz kechadan keyin miyamiz “sekinlashishini” tushuntirdi

Oct 29, 2025 - 18:12
Olimlar bir ukysiz kechadan keyin miyamiz “sekinlashishini” tushuntirdi

Nature Neuroscience (NatNeuro) jurnalida chop etilgan tadqiqotga ko‘ra, uyqu yetishmasligi qisqa muddatli diqqat yetishmasligi va xotira pasayishiga olib kelishi mumkin, chunki bu miya suyuqligi — miya orqa miya suyuqligi (likvor) harakatiga ta’sir qiladi. Bu xulosaga Massachusetts Texnologiya Instituti (MIT) olimlari keldi.

Tadqiqotda 26 ko‘ngilli ishtirok etdi. Ularni ikki marta tekshirishdi: birinchi marta ukysiz kechadan keyin, ikkinchi marta esa yetarli uyqudan keyin.

Eksperiment davomida ishtirokchilar diqqat topshiriqlarini bajarishdi, shu bilan birga funksional MRT va EEG monitoringi o‘tkazildi. Yurak urishi, nafas olish va ko‘z reaksiyalari ham qayd etildi.

Natijalar shuni ko‘rsatdiki, ukysiz kechani o‘tkazganlar ko‘proq xatolik qilgan va signallarga sekin javob bergan. Olimlar shuni aniqladiki, diqqat yetishmasligi paytida miya suyuqligi miya tashqarisiga oqgan. Odatda bu jarayon uyqu paytida ishlaydi va miyani metabolik chiqindilardan tozalashga yordam beradi.

MITning elektrotexnika va kompyuter fanlari kafedrasi dotsenti Lora Lyuis shunday tushuntirdi:

“Uyqusizlikda miya suyuqligi uyg‘oq paytda harakatlana boshlaydi va bu qisqa muddatli diqqat pasayishiga olib keladi”.

Olimlar bu kompensator mexanizm bo‘lishi mumkin deb hisoblaydi: miya uyqudagi tozalash jarayonlarini qisman tiklashga harakat qiladi, ammo diqqat pasayishi hisobiga.

“Miya shunchalik dam olishga muhtojki, u majburan uxlashga o‘xshash holatga o‘tadi”.