Opera sun’iy intellekt bilan ishlovchi yangi brauzeri — Neon’ni taqdim etdi

Oct 13, 2025 - 10:22
Opera sun’iy intellekt bilan ishlovchi yangi brauzeri — Neon’ni taqdim etdi

Opera kompaniyasi sun’iy intellektga asoslangan yangi Neon brauzerini taqdim etdi. Ushbu mahsulot rivojlangan (pro) foydalanuvchilar uchun mo‘ljallangan bo‘lib, oyiga 19,90 AQSh dollari evaziga obuna asosida taqdim etiladi. Hozircha faqat taklifnoma (invite) orqali kirish mumkin.

Neon bir nechta muhim funksiyalarni o‘z ichiga oladi.
Birinchisi — topshiriqlar (tasks) tizimi bo‘lib, ochiq tablarni (varaqlarni) tahlil qiladi va foydalanuvchiga hujjatlar, veb-sahifalar yoki qidiruv so‘rovlarida ishlashda yordam beradi.

Alohida e’tibor Cards (kartalar) nomli vositaga qaratilgan. Bu funksiya yordamida foydalanuvchi:

  • tez-tez ishlatiladigan buyruqlarni saqlashi,

  • murakkabroq harakatlar uchun ularni birlashtirishi,

  • va jamiyat (community) tomonidan yaratilgan karta do‘konidan tayyor yechimlarni foydalanishi mumkin.

Yana bir muhim xususiyat — bu Neon Do tizimi. U bulutda emas, balki faol brauzer sessiyasining o‘zida ishlaydigan agentga asoslangan qidiruv tizimi hisoblanadi.