Oy Yerning shamollari tufayli “paslayapti”
Oy yuzasi pas bilan qoplanib qolgan, buning aybdori esa Yerning shamollaridir. Yaqinda Geophysical Research Letters ilmiy jurnalida chop etilgan yangi ma’lumotlarga koʻra, Yer atmosferasidan chiqqan kislorod zarralari Oy minerallarini gematitga, ya’ni odatda pas deb ataladigan minerallarga aylantira oladi.
Makao Fan va Texnologiya universitetidan sayyorani oʻrganuvchi Shilyan Sin shunday deydi: “Bu kashfiyot bizning sayyoramiz bilan Oy orasidagi yaqin aloqani tushunishda yangi sahifa ochmoqda.”
Uzoq vaqt davomida Oy va Yer Quyoshning “shamoli” – ya’ni bizning yulduzimizdan chiqadigan zarralar oqimi ta’sirida boʻlib kelgan. Ammo har oy taxminan besh kun davomida Yer Quyosh shamolini toʻsadi va Oy Yer shamolini — oldin Yer atmosferasida boʻlgan vodorod, kislorod, azot va boshqa ionlarni qabul qiladi. Ular Oyga tushib, tuproqning yuqori qatlamlariga aralashadi va kimyoviy reaksiyalar yuzaga keladi.
Bu kashfiyot Hindistonning Chandrayaan-1 kosmik missiyasi paytida olingan ma’lumotlarga asoslanadi. Ushbu missiyada hind olimlari Oy qutb hududlarida gematit (pas)ni aniqlashdi. U temirga boy boʻlib, suv va kislorodning oʻzaro ta’siri natijasida hosil boʻladi. Ammo Oy sharoitida deyarli namlik yoʻqligi sababli kislorod manbai sir boʻlib qolgan edi. Yangi laboratoriya tajribalari kislorodning Yer shamoli orqali Oyga kelayotganini isbotladi, deb yozadi Rambler.ru.
