Ozarbayjon va O‘zbekiston birgalikda U-20 futbol bo‘yicha Jahon chempionatini o'tkazadi

Ozarbayjon va O‘zbekiston 2027 yilda 20 yoshgacha bo‘lgan futbolchilar o‘rtasidagi U-20 Jahon chempionatini birgalikda o‘tkazadi.

Oct 3, 2025 - 09:15
Oct 3, 2025 - 09:16
Ozarbayjon va O‘zbekiston birgalikda U-20 futbol bo‘yicha Jahon chempionatini o'tkazadi

Report xabariga ko‘ra, bu qaror bugun FIFA Ijroiya qo‘mitasining navbatdagi yig‘ilishida qabul qilindi.

Ushbu tarixiy yutuq Ozarbayjon Prezidenti Ilhom Aliyev va O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning muvaffaqiyatli sport siyosatlari natijasi bo‘lib, ularning mamlakatlarida futbolni rivojlantirishga bo‘lgan e'tiborini aks ettiradi.

AFFA FIFA Ijroiya qo‘mitasi a'zolariga, xususan, tashkilot prezidenti Janni Infantinoga ko‘rsatilgan yuqori ishonch uchun minnatdorlik bildirdi.

Ta'kidlab o‘tish kerakki, Ozarbayjon va O‘zbekiston 1977 yildan beri har ikki yilda o‘tkazib kelinayotgan 25-jahon U-20 chempionatiga mezbonlik qiladi. Futbol tarixida birinchi marta erkaklar o‘rtasidagi mundial Ozarbayjonda o‘tkaziladi. Shuningdek, birinchi marta Ozarbayjonning erkaklar milliy jamoasi jahon chempionatining final bosqichida ishtirok etadi.

Eslatib o‘tamiz, 2025 yilgi U-20 jahon chempionati hozirda Chili Respublikasida davom etmoqda. 24 jamoaning ishtirokidagi turnir 27 sentyabrda boshlangan va 19 oktyabrda yakunlanadi.