Oʻzbekiston – Jahon chempionatiga yoʻllanma olgan Markaziy Osiyodagi birinchi davlat
Oʻzbekiston milliy futbol terma jamoasi tarixiy yutuqqa erishdi

Oʻzbekiston milliy futbol terma jamoasi tarixiy yutuqqa erishdi – jamoa ilk bor Jahon chempionati final bosqichiga chiqdi. Birlashgan Arab Amirliklariga qarshi saralash bosqichidagi soʻnggi oʻyin 0:0 hisobida yakunlandi. Ushbu natija mundial yoʻllanmasini qoʻlga kiritish uchun yetarli boʻldi.
Shunday qilib, Oʻzbekiston futbol boʻyicha Jahon chempionatiga chiqqan Markaziy Osiyodagi birinchi davlat boʻldi.
2026-yilgi Jahon chempionati iyun oyida boshlanadi va ilk bor uch davlat mezbonlik qiladi:
AQSh
Kanada
Meksika
Musobaqada jami 48 terma jamoa ishtirok etadi. Oʻzbekiston ilk bor mundialda qatnashadi va bu yutuq Osiyo futboli tarixida yangi sahifa ochadi.