Poytaxtimizda Turkmaniston Xalq Maslahati navbatdagi majlisini o‘tkazmoqda

Bugun, 19-sentyabr kuni poytaxtimizda Turkmaniston Xalq Maslahatining navbatdagi majlisi bo‘lib o‘tmoqda.
Majlisga tayyorgarlik doirasida kun tartibidagi masalalarni belgilash, unda ishtirok etadigan jamiyat vakillarini tanlab olish, ularning forum va boshqa madaniy tadbirlarda tartibli qatnashishini ta’minlash, yashash va oziqlanish uchun zarur shart-sharoitlar yaratish yo‘lida muvofiqlashtirilgan ishlar muvaffaqiyatli amalga oshirildi.
Xalq Maslahatining ushbu navbatdagi majlisida turli soha va kasblardan fuqarolar, jamiyatning har xil qatlamlaridan vakillar ishtirok etmoqda. Unda mamlakatning ichki va tashqi siyosatidan kelib chiqadigan dolzarb masalalar muhokama qilinadi. Aholining farovon va baxtli hayot kechirishiga, milliy dasturlarni yanada muvaffaqiyatli amalga oshirishga qaratilgan xalq manfaatlariga xizmat qiluvchi, davlat ahamiyatiga ega qarorlar qabul qilinishi kutilmoqda.
Xalqimiz manfaatlarini ko‘zlagan ushbu davlat majlisi hayrli bo‘lsin!