Qiziqarli: Quyosh tizimi yaqinida yashashga yaroqli yangi sayyora — Gliese 251 c topildi

Oct 25, 2025 - 16:59
Qiziqarli: Quyosh tizimi yaqinida yashashga yaroqli yangi sayyora — Gliese 251 c topildi
Суперземля GJ 251 c, обращающаяся у красного карлика в 18 световых годах от Земли в представлении художника / © University of California Irvine

Olimlar Quyosh tizimidan 18 yorugʻlik yili uzoqlikda joylashgan yangi sayyorani — Gliese 251 c (GJ 251 c) — aniqlashdi. Bu “super Yer” deb ataluvchi sayyora, yashash uchun qulay sharoitlarga ega boʻlishi mumkin bo‘lgan eng yaqin olamlardan biri sifatida baholanmoqda.

GJ 251 cEgizaklar yulduz turkumidagi GJ 251 nomli qizil mitti yulduz atrofida aylanadi va bir to‘liq aylanishni 53,6 kunda amalga oshiradi. Uning massasi Yer massasidan 3,8 baravar katta, lekin kichik oʻlchami va yulduziga yaqinligi tufayli issiqlikni saqlab qolishi, suv va hayot shakllarining mavjud bo‘lishi mumkinligini ko‘rsatadi.

Sayyoraning atmosferasi va muhiti olimlarga uning iqlimi, kimyoviy tarkibi va hayot uchun zarur bo‘lgan omillarni o‘rganish imkonini beradi. Bunday super-Yerlar odatda togʻ jinsli tuzilishga ega bo‘ladi, massasi Yer massasidan katta, ammo Neptunnikidan kichik va barqaror orbitada joylashgan bo‘ladi.

Tadqiqot HIRES, CARMENES, SPIRou, HPF va NEID teleskoplarining maʼlumotlariga asoslangan. Olimlar yulduz faoliyatidan kelib chiqqan xato signallarni aniqlab, sayyoraning mavjudligini tasdiqlashdi.

Kelajakda Gliese 251 c ni yangi avlod teleskoplari — ELT, TMT va GMT yordamida to‘g‘ridan-to‘g‘ri suratga olish mumkin bo‘ladi. Astronomlar bu sayyorani shimoliy osmonning eng istiqbolli yashash zonalaridan biri deb hisoblaydilar.