Rossiya Federatsiyasi universitetlarida o‘qish uchun arizalar qabul qilinmoqda

Oct 2, 2025 - 19:03
Rossiya Federatsiyasi universitetlarida o‘qish uchun arizalar qabul qilinmoqda

15-sentabrdan boshlab Rossiya Federatsiyasi Hukumatining ta’lim grantlari (kvotalari) doirasida Rossiya universitetlarida o‘qish uchun arizalar qabul qilinmoqda. Bu haqda “Rus uyi”ning Telegram sahifasida xabar berildi.

Qabul komissiyasi haqida batafsil ma’lumot olish uchun Rus uyiga (https://rs.gov.ru/kontakty/predstavitelstva-za-rubezhom/represents-with-map/) yoki Rossiya Federatsiyasining elchixonasiga murojaat qilishingiz mumkin.

Nomzodlar education-in-russia.com portalida ro‘yxatdan o‘tishlari kerak.

Shuningdek, “Rus uyi”ning Telegram sahifasida ushbu yo‘nalish bo‘yicha eng ko‘p beriladigan savollarga javoblar e’lon qilingan.