Rus muhandislari koinotda sun’iy tortish kuchini yaratishga muvaffaq bo‘ldilar

Oct 22, 2025 - 08:55
Rus muhandislari koinotda sun’iy tortish kuchini yaratishga muvaffaq bo‘ldilar

Roskosmos” tarkibiga kiruvchi “Energiyaraketa-koinot korporatsiyasi koinot makonida sun’iy tortish kuchini yaratishga qodir tizim uchun patent oldi.

Bayonotga ko‘ra, tizim bir necha moduldan tashkil topgan. Qurilmaning markazida statik va aylanuvchi qismlardan iborat, ularning orasidagi harakatlanuvchi va gaz o‘tmaydigan biriktiruvchi bo‘g‘in bor. Shu markazdan har biri o‘zining hayotiy qo‘llab-quvvatlash va elektr ta’minoti tizimlariga ega bo‘lgan to‘rt ta yashash moduli radial tarzda chiqadi.

Ushbu qurilish stansiyaning aylanishi orqali markazdan uzoqlashuvchi kuchni yaratib, tortish kuchini simulyatsiya qilish imkonini beradi. Hujjatda aylanish tezligi 0,5 g gacha bo‘lgan og‘irlik ta’sirini yuzaga keltirishi, bu esa Yer yuzidagi tortish kuchining taxminan yarmiga tengligi ko‘rsatilgan.

Ishlab chiquvchilar tizimning ishonchliligi yuqori ekanligini ta’kidlaydilar — hatto harakatlanuvchi bog‘inlarning birida muammo yuzaga kelsa ham, stansiya ishlashda davom eta oladi.

Mutaxassislarning fikriga ko‘ra, bunday texnologiyalarning qo‘llanilishi uzoq muddatli orbital bazalar yaratishda hamda Oy va Marsga yo‘naltirilgan kelajak ekspeditsiyalarini tayyorlashda muhim qadam bo‘ladi.