Sayat tumanida targ‘ibot-tashviqot uchrashuvi o‘tkazildi

Oct 10, 2025 - 19:14
Sayat tumanida targ‘ibot-tashviqot uchrashuvi o‘tkazildi

Berkaror davlatning Yangi Uyg‘onish davrida jamiyat tashkilotlari aholining ma’naviy-ma’rifiy rivojiga, xalqimizning totuv va ahil hayot kechirishiga qaratilgan tadbirlarni muntazam tashkil etib, bu borada samarali ishlarni olib bormoqda. Yaqinda ana shunday tadbirlardan biri — targ‘ibot-tashviqot uchrashuvi — Türkmenistanyň Demokratik Partiýasynyň Sayat tumani qo‘mitasi tomonidan boshqa jamoat tashkilotlari bilan hamkorlikda “Awçy” geňeşligida (mahalliy kengashda) bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuvda kengash aholisi, jamoat tashkilotlari vakillari hamda mahalliy rahbarlar ishtirok etdilar. Tadbirda mamlakatimizda ichki va tashqi siyosatda erishilayotgan yutuqlar, Hormatli Prezidentimiz rahbarligida amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar, Gahryman Arkadagymyzyň (Qahramon Arkadag'ning) boshlab bergan ulug‘ ishlarining muvaffaqiyatli davom ettirilayotgani haqida batafsil ma’lumot berildi.

Targ‘ibot-tashviqot uchrashuvida so‘zga chiqqanlar bugungi kunda aholining turmush darajasini oshirish, xalqning farovon va baxtli hayot kechirishini ta’minlash yo‘lida olib borilayotgan davlat siyosatining ahamiyati to‘g‘risida to‘xtalib o‘tishdi. Shuningdek, jamiyatda birlik, mehnatsevarlik, vatanga sadoqat, ma’naviy yuksaklikni rivojlantirishda jamoat tashkilotlarining o‘rni va olib borayotgan faoliyatlari haqida fikrlar bildirildi.