Smartfonni ommaviy quvvatlagichlar orqali buzilishdan qanday himoya qilish mumkin

Telefonni ommaviy USB quvvatlash stansiyalariga ulash xavfli bo‘lishi mumkin. Perm Milliy Tadqiqot Politexnika Universiteti (PNTU) mutaxassislari bu borada ogohlantirish berdi.

Oct 8, 2025 - 18:09
Smartfonni ommaviy quvvatlagichlar orqali buzilishdan qanday himoya qilish mumkin
Depositphotos

Ular juice jacking deb ataluvchi hujum haqida gapirib berishdi — bu orqali yovuz niyatli shaxslar USB kabeli orqali foydalanuvchining shaxsiy ma'lumotlariga kirish yoki qurilmasiga zararli dastur yuborishlari mumkin.

Dotsent Anton Kamenskixning tushuntirishicha, oddiy elektr rozetkasidan quvvat olish xavfsiz. Muammo — begonalar kabeli, ijaraga olingan powerbanklar yoki jamoat quvvatlash qurilmalari orqali quvvat olayotganda yuzaga keladi, chunki ularga maxsus chiplar o‘rnatilgan bo‘lishi mumkin.

Dotsent Daniil Kurushinning qo‘shimcha qilishicha, bunday hujum faqat ayrim holatlarda ro‘y berishi mumkin: agar telefonda eskirgan dasturiy ta’minot bo‘lsa va xavfsizlik sozlamalari o‘chirilgan bo‘lsa.

Smartfonni qanday himoya qilish kerak:

  • Shaxsiy zaryadkagich va kabelingizdan foydalaning.

  • Agar jamoat joyida quvvat olishingiz kerak bo‘lsa, "Charging only" yoki "Power cable" deb yozilgan kabellardan foydalaning — bu kabellar faqat quvvat uzatadi, ma’lumot yubormaydi.