2024/25 — Yevropada stadionlarda eng ko‘p futbol muxlislari tashrif buyurgan mavsum

Sep 26, 2025 - 14:37
2024/25 — Yevropada stadionlarda eng ko‘p futbol muxlislari tashrif buyurgan mavsum

UEFAning rasmiy veb-saytida keltirilgan ma’lumotlarga ko‘ra, 2024/25 futbol mavsumi stadionlarga eng ko‘p tomoshabin tashrif buyurgan mavsum bo‘ldi. Aniqrog‘i, milliy terma jamoalar va Yevropa ligalari o‘yinlarini stadionda tomosha qilgan jami muxlislar soni 240 milliondan oshgan.

Faqat Yevropaning eng yuqori ligalarigina emas, balki ikkinchi darajadagi ligalarni stadionda tomosha qilganlar soni ham hayratlanarli. Bu raqam 80 milliondan ortiqni tashkil qilgan. Shubhasiz, bu ko‘rsatkichlar Yevropa futboli tarixida stadionlarga kelgan tomoshabinlar soni bo‘yicha eng yuqori natijadir. Bu esa futbolga bo‘lgan qiziqishning tobora ortib borayotganini yaqqol isbotlaydi.