Ilima Guseynova — Osiyo tennisida yangi yulduz

Sep 26, 2025 - 16:35
Ilima Guseynova — Osiyo tennisida yangi yulduz

Yurtimiz vakili, yosh va iqtidorli tennischi Ilima Guseynova katta tennisdagi yuksak yutuqlari bilan muxlislarini quvontirishda davom etmoqda.

Bu safar Ilima Guseynova Osiyoning 16 yoshgacha bo‘lgan qizlar o‘rtasidagi tennis reytingida eng kuchli o‘ntalikka kirdi. U bu ro‘yxatda sakkizinchi o‘rinni egalladi.

Shuningdek, u Osiyo Tennis Federatsiyasi reytingida 19 pog‘onaga ko‘tarilishga muvaffaq bo‘ldi.

Albatta, bu natija tasodif emas. Yurtdoshimiz bir qancha yirik xalqaro musobaqalarda ishtirok etib, turli darajadagi ko‘plab medallarga ega bo‘lgan. Uning yutuqlari — muntazam mashg‘ulotlar, to‘g‘ri yondashuv va qalbining tubidan keladigan kuchli iroaning natijasidir.

Biz Ilima Guseynovaga kelajakdagi g‘alabali yo‘lda yanada katta yutuqlar tilaymiz.