Alkaras Frizni mag‘lub etib, Uimbldon finaliga chiqdi

Ispaniyalik dunyo reytingida 2-o‘rinda turgan Karlos Alkaras amerikalik tennischi Teylor Frizni mag‘lub etib, 2025-yilgi Uimbldon turnirining final bosqichiga chiqdi. Uchrashuv 6:4, 5:7, 6:3, 7:6 (8:6) hisobida yakunlandi.
Ushbu uchrashuv 2 soat 51 daqiqa davom etdi va har ikki o‘yinchi kuchli o‘yin ko‘rsatdi. Alkaras 13 marta eys urdi, 3 marta ikki xatoga yo‘l qo‘ydi va 7 imkoniyatdan 3 tasini breyk qila oldi.
Friz esa 19 eys qayd etdi, ammo 5 marta ikki xato qildi va faqat 2 imkoniyatdan 1 tasidan foydalandi.
Finalda Alkaras italiyalik Yannick Sinner bilan to‘qnash keladi.
Uimbldon 2025 finali
Alkaras — Sinner
13-iyul, London, All England Club