AQShda birinchi do‘konini ochdi

Jul 28, 2025 - 17:40
AQShda birinchi do‘konini ochdi

Xitoyning sport kiyimlari va poyabzallari ishlab chiqaruvchi Anta kompaniyasi joriy yil sentabr oyida AQShning Kaliforniya shtatidagi Beverli Hills shahrida do‘konini ochishni rejalashtirmoqda. Mahalliy nashrlar ma’lumotiga ko‘ra, bu qadam brendning Amerika bozoridagi o‘rnini mustahkamlashga yordam beradi.

Kompaniya faqat Amerika emas, balki boshqa hududlarda ham o‘z faoliyatini kengaytirmoqda. Iyun oyining boshida Anta nemis kiyim ishlab chiqaruvchi Jack Wolfskin kompaniyasini 290 million AQSh dollariga sotib olib, o‘z tarkibiga qo‘shdi.

Nemis kompaniyasini sotib olish orqali Anta sayohatchilar uchun kiyim ishlab chiqarishda dunyoda yetakchi brendlardan biri bo‘lishni maqsad qilgan. Bu sohada uning asosiy raqobatchilari The North Face, Patagonia, Arc’teryx, Columbia Sportswear, Marmot va Salomon brendlari hisoblanadi.

Anta o‘z faoliyat ko‘rsatgan sohasida daromad bo‘yicha dunyoda Nike va Adidas brendlaridan keyin uchinchi o‘rinda turadi. So‘nggi yillarda Anta taxminan 9,74 milliard AQSh dollari daromadga ega bo‘ldi.