Sun’iy intellekt yangiliklari

Abel startapining asoschisi Daniel Frensis o‘zining asosiy mutaxassislaridan birini o‘z jamoasiga jalb qilish uchun Meta kompaniyasining katta miqdordagi shartnoma taklif qilgani haqida X platformasida (sobiq Twitter) xabar berdi. Biroq, u mutaxassisning ismini oshkor qilmadi.
Daniel Frensisning so‘zlariga ko‘ra, Meta noma’lum xodimga 4 yillik, 1,25 milliard AQSh dollari miqdoridagi shartnoma taklif qilgan. Shunga qaramay, Abel kompaniyasi xodimi bu taklifni rad etdi.
O‘tgan hafta esa Buyuk Britaniya va OpenAI kompaniyasi mamlakatning turli sohalariga sun’iy intellekt texnologiyalarini joriy etish bo‘yicha kelishuvga erishdilar. Buyuk Britaniya hukumati Sem Altman boshchiligidagi kompaniyaning ko‘magi bilan sog‘liqni saqlash, ta’lim va mudofaa sohalariga sun’iy intellektni integratsiya qilishni rejalashtirmoqda.