Avazada BMTning Dengizga Chiqish Yo‘li Bo‘lmagan Rivojlanayotgan Davlatlar bo‘yicha Uchinchi Anjumanining Ochilish Marosimi Bo‘lib O‘tdi

Bugun “Awaza” milliy turizm zonasidagi Kongress markazida Birlashgan Millatlar Tashkilotining Dengizga chiqish yo‘li bo‘lmagan rivojlanayotgan davlatlar (DChBÖRD) bo‘yicha Uchinchi Anjumani rasmiy ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Tadbirda forum ishtirokchisi davlatlarning prezidentlari, hukumat rahbarlari, nufuzli xalqaro va mintaqaviy tashkilotlarning vakillari, yuqori darajadagi delegatsiyalar a’zolari hamda ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdilar. Bu haqda “Turkmenistan” gazetasi xabar berdi.
Dastlab, Turkmaniston Halk Maslahati Raisi, turkman xalqining milliy lideri Gurbanguli Berdimuhamedov forumga tashrif buyurgan yuqori martabali mehmonlarni samimiy kutib oldi.
Shundan so‘ng umumiy suratga tushish marosimi bo‘lib o‘tdi.
Turkman xalqining Milliy lideri, Turkmaniston Halk Maslahati Raisi Gurbanguli Berdimuhamedov ochilish marosimida tabrik nutqi bilan chiqdi.
Keyin esa BMT Bosh kotibi Antoniu Guterrish hamda BMT Bosh Assambleyasining 79-sessiyasi Raisi Filemon Yang nutq so‘zladilar.
Nutqlarda bu forumning, Turkmanistonning doimiy betaraflik maqomining 30 yilligi va BMT tashkil topganining 80 yilligiga to‘g‘ri kelgan Xalqaro tinchlik va ishonch yilida o‘tkazilayotgani alohida ahamiyatga ega ekani ta’kidlandi. Chet ellik mehmonlar xalqaro anjumanning yuqori darajada tashkil etilganini e’tirof etdilar.
So‘ngra BMTning DChBÖRD bo‘yicha Uchinchi Anjumani doirasida ishtirokchi davlatlar rahbarlarining nutqlari bilan ochilish marosimi davom etdi.
Anjuman doirasida yuqori darajadagi tematik “davra suhbatlari”, forumlar, uchrashuvlar va boshqa yo‘nalishdagi tadbirlar o‘tkazilmoqda.