ChatGPT’da rasm yaratish uchun yangi “Stillar” funksiyasi

OpenAI kompaniyasining ishlab chiquvchilari ChatGPT chat-botiga “Stillar” deb nomlangan yangi va bepul funksiyani qo‘shishdi. Ushbu yangi imkoniyat foydalanuvchilarga murakkab matnli so‘rovlarni tushunmasdan, istalgan uslubda rasm yaratishni osonlashtiradi. Bu funksiya allaqachon barcha ChatGPT foydalanuvchilari uchun mavjud.
Hozirda foydalanuvchilarga oldindan belgilangan 9 ta uslub taklif qilinmoqda. Ularning orasida: “Anime”, “Kiberpank”, “Dramatik qora-oq”, “Foto”, “Rangli kitob”, “Retro” va “Neon” kabi uslublar bor.
Shunga o‘xshash funksiyalar boshqa mahsulotlarda ham mavjud. Masalan, Samsung smartfonlarida oldindan o‘rnatilgan Galaxy AI paketida uslub bo‘yicha rasm yaratish imkoniyati bor, shuningdek, Apple kompaniyasining Playground ilovasida ham bu imkoniyat taklif etilgan.
ChatGPT’da “Stillar” funksiyasidan foydalanish uchun chat-botni oching, “Rasm” opsiyasini tanlang, so‘ngra “Stillar” bo‘limiga o‘ting.