VK yangi avlod messenjeri — VK MAX’ni taqdim etdi

VK kompaniyasi o‘zining yangi messenjeri — VK MAX’ning beta-versiyasini ishga tushirganini e’lon qildi. Loyiha kelajakdagi ko‘p funksiyali raqamli yordamchi sifatida taqdim etilmoqda — u muloqot, moliyaviy operatsiyalar va turli xizmatlarga kirishni birlashtiradi. Ushbu tashabbus yuzlab million foydalanuvchilar uchun asosiy ilovaga aylangan Xitoyning WeChat dasturi muvaffaqiyatidan ilhomlangan.
MAX messenjeri Rossiyaning raqamli suverenitetga bo‘lgan yondashuvi doirasida ishlab chiqilgan.
Kelajakda VK kompaniyasi MAX ekotizimining imkoniyatlarini sezilarli darajada kengaytirishni rejalashtirmoqda. Kutilayotgan yangi funksiyalar qatorida "Davlat xizmatlari" bilan integratsiya, to‘liq to‘lov tizimi yaratish, mobil xizmatlar va o‘z marketpleysini joriy etish, shuningdek, tadbirkorlar uchun vositalarni ko‘paytirish rejalashtirilgan.