Chekuvchilarda yetishmaydigan vitamin aniqlandi

Doktor Isayev: Chekuvchilarning qon plazmasida S vitamini darajasi past bo‘ladi

Sep 1, 2025 - 11:59
Chekuvchilarda yetishmaydigan vitamin aniqlandi

Chekish organizmdagi S vitamini darajasiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Psixiatr va narkolog, doktor Isayev klinikasining rahbari va Mustaqil narkologlar gildiyasining prezidenti Ruslan Isayevning “Gazeta.Ru”ga bergan ma’lumotiga ko‘ra, chekuvchilarning qonidagi askorbin kislotasi darajasi, chekmaydiganlarga nisbatan ancha past bo‘ladi — hatto ovqat orqali bir xil miqdorda vitamin qabul qilinsa ham.

Buning sababi — tamaki tutuni kuchli oksidlovchi stressni keltirib chiqaradi. S vitamini esa asosiy antioksidantlardan biri bo‘lib, erkin radikallarni zararsizlantirishga tez sarflanadi. Bundan tashqari, chekuvchilarda S vitaminining almashinuvi tezlashadi va u organizmdan tezroq chiqariladi.

Shu sababli, doktor Isayev chekuvchilarga oddiy odamlar bilan solishtirganda ko‘proq S vitamini iste’mol qilishni tavsiya qiladi. Jumladan, chekuvchi erkaklar va ayollar uchun kunlik norma odamlarnikidan taxminan 35 mg ga ko‘proq bo‘lishi kerak.

Ammo shifokor quyidagilarni ta’kidlaydi:

“Chekish tufayli yuzaga keladigan S vitamini tanqisligini faqat ovqat yoki qo‘shimchalar bilan to‘liq qoplashning iloji yo‘q. S vitamini immunitet tizimini, qon tomirlar, teri salomatligini va antioksidant himoyani qo‘llab-quvvatlash uchun zarur. Biroq, uni yetarli miqdorda qabul qilish chekishning nafas olish va yurak-qon tomir tizimiga yetkazadigan zararini yo‘qotmaydi. Boshqacha qilib aytganda, qo‘shimcha S vitamini faqat organizmda chekish tufayli kamaygan miqdorni qoplaydi, lekin chekishning zararini yo‘q qilmaydi.”