«Chelsi» — Klublar o‘rtasidagi jahon chempioni!

"Chelsi" Klublar o‘rtasidagi Jahon chempionati finalida PSJni 3:0 hisobida yengib, chempionlikni qo‘lga kiritdi.
Barcha gollar birinchi bo‘limda kiritildi: Koul Palmer 22 va 30-daqiqalarda ikkita gol urdi. 43-daqiqada esa Joao Pedro hisobni 3:0 ga yetkazdi.
Ikkinchi bo‘limda PSJ futbolchisi Joao Neves 86-daqiqada qizil kartochka olib maydonni tark etdi.
Final natijasi:
Chelsi – PSJ 3:0
Gollar: 1:0 Palmer (22’), 2:0 Palmer (30’), 3:0 Pedro (43’)
Ogohlantirishlar: Pedro Neto (34’), Moises Kaysedo (36’), Malo Gusto (40’), Levi Kolvill (82’), Usmon Dembele (87’), Nuno Mendesh (90+4’)
Qizil kartochka: Joao Neves (86’)
Bu "Chelsi" tarixidagi ikkinchi marta Klublar o‘rtasidagi Jahon chempioni bo‘lishi — birinchi chempionlik 2021-yilda bo‘lgan.
PSJ esa bu turnirda ilk bor ishtirok etdi.