Turkmanistonlik jiu-jitsuchilar Afinada 21 ta medal qo‘lga kiritdi

Turkmanistonning jiu-jitsu bo‘yicha milliy terma jamoasi 11–14-sentabr kunlari Gretsiyaning poytaxti Afinada bo‘lib o‘tayotgan 20-Balkan ochiq chempionatida muvaffaqiyatli ishtirok etib, jami 21 ta medalni qo‘lga kiritdi. Natijada jamoa 8 ta oltin, 6 ta kumush va 7 ta bronza medal bilan taqdirlandi, deya xabar beradi Turkmenportal.

Sep 13, 2025 - 16:42
Turkmanistonlik jiu-jitsuchilar Afinada 21 ta medal qo‘lga kiritdi

Jelilmuhammet Hojamyradov 94 kg vazn toifasida “ne waza” va “no gi” yo‘nalishlarida ikki karra chempion bo‘ldi.

Xurma Abdiyeva esa 52 kg vaznda “ne waza” va “no gi” bo‘yicha ikkita oltin medal, “fighting” yo‘nalishida bronza medal, shuningdek 57 kg vaznda yana qo‘shimcha bronza medalini qo‘lga kiritdi.

Musobaqalar 14-sentabrgacha davom etadi, Turkman delegatsiyasi esa 10–16-sentabr kunlari oralig‘ida Afinada bo‘ladi.