Diabetda yaralarning bitishini tezlashtiruvchi yangi dori yaratildi

Oct 30, 2025 - 16:13
Diabetda yaralarning bitishini tezlashtiruvchi yangi dori yaratildi

Albani universiteti (AQSh) olimlari diabet bilan kasallangan odamlarda surunkali yallig‘lanishni to‘xtatib, yaralarning bitishini tezlashtiruvchi yangi tajriba dorisini ishlab chiqishdi. Tadqiqot natijalari Cell Chemical Biology (CCB) jurnalida chop etildi.

Dori haqida

Yangi modda RAGE406R deb ataladi — bu past molekulyar birikma bo‘lib, diabet asoratlarining ko‘p qismini keltirib chiqaradigan hujayra ichidagi reaksiyalarni to‘xtatadi. Mavjud davolash usullari faqat qondagi shakar miqdorini nazorat qilsa, bu dori bevosita yallig‘lanishni davolashga qaratilgan.

Ta’sir mexanizmi

Diabetli odamlarda glikatsiyaning oxirgi mahsulotlari deb ataluvchi moddalar to‘planadi va ular hujayra yuzasidagi RAGE retseptorini faollashtiradi. Bu esa DIAPH1 oqsili ishtirokida reaksiyalar zanjirini boshlaydi, natijada surunkali yallig‘lanish, tomirlarning zararlanishi va to‘qimalarning tiklanishining sekinlashuvi yuz beradi.
RAGE406R ushbu moddalar bilan retseptorning bog‘lanishini to‘xtatib, patologik jarayonni uzadi.

Tadqiqot natijalari

Dori inson hujayralarida va laboratoriya hayvonlarida sinovdan o‘tkazildi. Natijada u:

  • 1-tur diabet bilan og‘rigan bemorlarda qon yallig‘lanish mediatorlarini kamaytirdi;

  • yaralarning bitishini tezlashtirdi;

  • 2-tur diabetli sichqonlarda yallig‘lanishni kamaytirdi.

Kelajakdagi rejalari

RAGE406R diabetdagi yallig‘lanish bilan bog‘liq asosiy signal yo‘lini nishonga oladi”, — dedi tadqiqot hammuallifi professor Aleksandr Shextman. “Biz endi uning ta’sir mexanizmini molekulyar va strukturaviy darajada o‘rganib, dorini klinik sinovlarga tayyorlashni rejalashtirmoqdamiz.”