FIFA: 2026 yilgi Jahon chempionati o‘yinlariga bir milliondan ortiq chipta sotildi
2026 yilning 11-iyunidan 19-iyuligacha AQSh, Kanada va Meksikada bo‘lib o‘tadigan futbol bo‘yicha Jahon chempionatining o‘yinlariga bir milliondan ortiq chipta allaqachon sotilgan.
Bu haqda Report xabar berishicha, FIFA o‘zining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifasida e’lon qilgan.
Chiptalarni 212 mamlakatdan muxlislar xarid qilgan. Aytish mumkinki, eng katta talab mezbon davlatlar — AQSh, Kanada va Meksikada kuzatilgan.
Ma’lumot uchun, 2026 yilgi Jahon chempionatida 48 terma jamoa ishtirok etadi. Ular 12 ta guruhga bo‘linadi. Har bir guruhda birinchi va ikkinchi o‘rinni egallagan jamoalar, shuningdek, eng yaxshi ko‘rsatkichga ega bo‘lgan 8 ta uchinchi o‘rindagi jamoalar pley-off bosqichiga chiqadi.
