Kakao arzonlashishiga qaramay, dunyoda shokoladga bo‘lgan talab pasaymoqda
Dunyoda shokoladga bo‘lgan talab kakao narxining arzonlashishiga qaramay kamaymoqda. Bloomberg agentligining xabar berishicha, shokolad ishlab chiqaruvchilar kakao donlarining narxi tushganiga va xom ashyoning arzonroq o‘simlik ingredientlari bilan almashtirilishiga qaramasdan, mahsulotlariga bo‘lgan talabning kamayganini qayd etishgan.
Mutaxassislar bu holatni shokolad kompaniyalarining aksariyati hali ham yuqori narxlarda xarid qilingan kakao zaxiralaridan foydalanayotgani bilan bog‘lashmoqda. Natijada, 2025-yilda kakao yog‘i narxi 75% ga tushgan bo‘lsa-da, kakao donlarini qayta ishlash ularning o‘rnini bosuvchi mahsulotlarga nisbatan kamroq foydali bo‘lib qolgan.
Tadqiqot kompaniyasi Circana ma’lumotlariga ko‘ra, Shimoliy Amerikada bir yil ichida shokoladli shirinliklar savdosi 21% ga kamaygan.
Niderlandiyaning Rabobank kooperativ bankining katta tahlilchisi Yuliya Byux sohaga yuqori xarajatlar bilan “yangi normal holat” kirib kelganini va bu holat ishlab chiqaruvchilardan doimiy moslashuvchanlikni talab qilayotganini ta’kidladi.
Mutaxassislarning ta’kidlashicha, qimmatbaho shirinliklar bilan kakao o‘rnini bosuvchi arzonroq mahsulotlarning uyg‘unligi, dunyo bo‘yicha kakao donlariga bo‘lgan uzoq muddatli talab prognozida noaniqlik keltirib chiqarmoqda.
