“Green Card” endi pullik bo‘ldi!

Sep 19, 2025 - 20:41
“Green Card” endi pullik bo‘ldi!

AQSh Davlat departamenti 2025-yil oktabr oyining o‘rtalaridan boshlab “Green Card” lotereyasiga ariza topshirayotganlardan 1 dollar to‘lov olinishini ma’lum qildi. Avval ishtirokchilar arizani bepul topshirardi.

Yangi to‘lov boshqaruv xarajatlarini qoplash uchun — tizimlarni yangilash, ma’lumotlarni saqlash va xavfsizlik tekshiruvlarini o‘tkazish maqsadida joriy etiladi.

Hisob-kitoblarga ko‘ra, bu chora federal byudjetga yilda 25 million dollar daromad keltiradi. Agar ariza muvaffaqiyatsiz bo‘lsa, to‘lov qaytarilmaydi.

Oldin ishtirokchilar faqat yutgan taqdirda hujjatlarni rasmiylashtirish uchun 330 dollar to‘lashardi, endi esa har bir ariza uchun oldindan 1 dollar talab qilinadi.