Ilon Mask Grokipedia — Vikipediyaga muqobil loyiha haqida e’lon qildi
Ilon Mask Grokipedia nomli yangi loyihaning tez orada ishga tushirilishini e’lon qildi. Uning aytishicha, bu platforma Vikipediyadan yaxshiroq bo‘ladi. X ijtimoiy tarmog‘ida u Grokipedia ikki hafta ichida ishga tushirilishini ma’lum qildi.
Maskning so‘zlariga ko‘ra, bu loyiha senzura va cheklovlarsiz Vikipediyaga muqobil bo‘ladi.
Loyihani Maskning xAI kompaniyasi ishlab chiqmoqda. Xizmatning asosida sun’iy intellektga asoslangan Grok chatbot modeli bo‘ladi.
Maskning ta’kidlashicha, Grok murakkab mantiqiy algoritmlar orqali qaysi ma’lumotlar to‘liq rost, qaysilari qisman rost yoki yolg‘on ekanligini aniqlay oladi.
Ilon Mask Vikipediyani bir necha bor xolis emaslikda ayblab, uni targ‘ibot vositasi va “chap qanot ommaviy axborot vositalarining qo‘shimchasi” deb atagan.
