Ispaniya Madrid–Barselona yo‘lida poyezd tezligini 350 km/soatgacha oshirishni rejalashtirmoqda

Nov 18, 2025 - 18:10
Ispaniya Madrid–Barselona yo‘lida poyezd tezligini 350 km/soatgacha oshirishni rejalashtirmoqda

Ispaniya hukumati Madrid va Barselona o‘rtasidagi temir yo‘l liniyasini modernizatsiya qilish rejasi haqida ma’lum qildi. Yangilangan “AVE” yuqori tezlikdagi liniya poyezdlarning tezligini 350 km/soat darajasiga yetkazib, safar vaqtini ikki soatdan kam qiladi.

Transport va barqaror harakatlanish vaziri Oskar Puentehozirda bunday tezlik faqat Xitoyda qo‘llanilayotganini, loyiha amalga oshgach esa Ispaniya dunyoda tijoriy tezlik bo‘yicha ikkinchi o‘ringa chiqishini ta’kidladi.

Hozirda Madrid–Barselona yo‘lida poyezdlar 300–310 km/soat tezlikda harakatlanadi. Yo‘lovchilar sonining ko‘payishi va yangi operatorlarning paydo bo‘lishi sababli yo‘l yuklamasi ortdi. Hukumat sig‘imni oshirish uchun yangi yo‘l qurish o‘rniga poyezd tezligini oshirishni tanladi.

Tezlik oshirilishi poyezdlarning ko‘proq qatnashiga imkon beradi. Modernizatsiya bosqichma-bosqich amalga oshiriladi hamda asosiy yo‘l bilan birga yirik shaharlarga kirish yo‘llarini ham qamrab oladi. Madridda Parla hududida yangi yuqori tezlikdagi stansiya barpo etiladi, Barselonada esa La-Sagrera transport markazi rivojlantiriladi.