Realme GT 8 ertaga taqdim etiladi
Realme kompaniyasi o‘zining yangi flagman seriyasi — Realme GT 8 smartfonlarini 21-oktyabrda, ya’ni ertaga, Xitoyda rasman taqdim etadi. Taqdimotdan bir kun oldin kompaniya qurilmaning ilk rasmiy suratlarini va rang variantlarini ommaga namoyish qildi.
Realme GT 8 yangi modeli quyidagi uch rangda taqdim etiladi:
-
Navi (jigarrang-ko‘k),
-
Oq (White)
-
Yashil (Green)
Navi rangi mat shisha bilan qoplangan jigarrang-ko‘k ohanglarda ishlab chiqilgan.
Oq modelda AG mat shisha ishlatilgan bo‘lib, bu barmoq izlariga chidamli.
Yashil varianti esa ekologik toza qayta ishlangan charm materialdan tayyorlangan.
Realme kompaniyasi ushbu model Ricoh GR darajasidagi kamera tizimiga ega bo‘lishini rasmiy tarzda tasdiqladi. Asosiy kamera 50 megapikselli bo‘ladi va periskop uslubidagi linza bilan jihozlanadi.
Smartfon 2K OLED ekran va 144 Gts yangilanish chastotasi bilan ta’minlanadi — bu xususiyatlar uning Pro versiyasiga teng keladi.
Qurilma Snapdragon 8 Elite chipi asosida ishlaydi va Android 16 operatsion tizimi bazasida ishlab chiqilgan Realme UI 7 interfeysi bilan birga keladi.
7000 mA·s sig‘imli akkumulyator 100 vatt tezkor quvvatlash texnologiyasini qo‘llab-quvvatlaydi. Bundan tashqari, smartfon 16 GB operativ xotira va 1 TB ichki xotira bilan jihozlanadi.
Yangi Realme GT 8 dizayn, texnologiya va unumdorlik jihatidan 2025-yilning eng kuchli Android smartfonlaridan biri bo‘lishi kutilmoqda.
