Jio Platforms Hindiston televizorlarini kompyuterlarga aylantirmoqda

Jul 22, 2025 - 17:48
Jio Platforms Hindiston televizorlarini kompyuterlarga aylantirmoqda

Reliance Industries konglomeratiga qarashli Hindistonning texnologik kompaniyasi Jio Platforms televizor pristavkalari foydalanuvchilari uchun virtual shaxsiy kompyuter (PC) xizmatini ishga tushirdi. Bu — Mukeş Ambani rahbarligidagi Reliance kompaniyasining millionlab hind televizorlarini to‘liq huquqli kompyuterlarga aylantirishga qaratilgan katta maqsadining bir qismidir.

Hozirda JioPC sinov tarzida taklif etilmoqda va qiziqqan foydalanuvchilar kompaniyaning rasmiy veb-sayti orqali murojaat qilib, virtual ish stoliga kirish huquqini olishlari mumkin. Xizmatdan foydalanish uchun oddiy klaviatura va sichqonchani televizorga ulash kifoya qiladi.

JioPC yangi imkoniyatlarni taqdim etsa-da, ayrim cheklovlarga ega: masalan, kamera yoki printer kabi tashqi qurilmalarni qo‘llab-quvvatlamaydi. Hujjatlar bilan ishlash uchun LibreOffice dasturiy to‘plami ishlatiladi, Microsoft Office esa brauzer orqali ochiladi. JioPC xizmatining joriy etilishi Jio Platforms foydalanuvchilar bazasini — hozirda 488 milliondan ortiq bo‘lgan sonni — yanada kengaytirishi kutilmoqda.