Tesla jismoniy kalit kartidan voz kechmoqda — kompaniya to‘liq raqamli tizimga o‘tmoqda
Tesla kompaniyasi o‘z avtomobillarida uzoq yillar davomida ishlatilgan jismoniy kalit kartalarini qo‘llashni to‘xtatishni rejalashtirmoqda. Bu haqda kompaniyaning so‘nggi ma’lumotlari va yangilangan foydalanuvchi qo‘llanmasida qayd etilgan.
Har bir Tesla xaridoriga maxsus ikki dona kalit kartasi berilgan edi. Ushbu kartalar asosan avtomobilning dastlabki sozlamalarini o‘rnatish uchun ishlatilardi. Keyinchalik esa ko‘pchilik haydovchilar avtomobillarini ochish va ishga tushirish uchun smartfonlaridan foydalanishni afzal ko‘rdi.
Yangi qo‘llanmada “Tesla sizga Model 3/Y uchun ikki dona karta beradi” degan jumla to‘liq olib tashlangan. Bu, kompaniyaning ushbu funksiyani to‘liq olib tashlash rejasidan darak beradi.
Jismoniy kalit kartasi 2017-yildan beri Tesla avtomobillarining standart jihoziga kirgan. Biroq hozirda u faqat ma’lum vaziyatlarda ishlatiladi — masalan, telefon zaryadi tugaganda, vale-parking xizmatida yoki avtomobil vaqtincha boshqaga berilganda.
Tesla kalit kartalarini rasmiy onlayn do‘koni orqali sotishda davom etmoqda. Ammo kompaniya barcha boshqaruv tizimlarini raqamli platformalarga o‘tkazish maqsadida, yaqin kelajakda ushbu jismoniy kartalarning butunlay bekor qilinishini kutmoqda.
Bu qadam Tesla avtomobillarini boshqarishda qulay, avtomatlashtirilgan va xavfsiz raqamli ekotizimga o‘tishda muhim o‘zgarish hisoblanadi.
