Lebaplik sport ustalari yutuqlari uchun davlat mukofotlariga sazovor bo‘ldi
Hurmatli Prezidentimiz Serdar Berdimuhamedov rahbarligida mamlakatimizda sportni rivojlantirish va Turkmanistonning xalqaro maydondagi nufuzini yuksaltirish yo‘lida keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda. Jahon miqyosidagi musobaqalarda muvaffaqiyatli ishtirok etib, mamlakat sport obro‘sini oshirayotgan murabbiylar va sportchilarning xizmatlari davlat tomonidan yuksak baholanmoqda.
Shu asosda Lebap viloyati Hojambaz etrabi 4-son sport maktabi murabbiyi, Turkmaniston jang san’atlari milliy federatsiyasining sambo bo‘yicha terma jamoasi murabbiyi Osman Orunovich Yoldashov, shuningdek, Lebap viloyati Ko‘ytendog‘ etrabi 5-son sport maktabining murabbiy-o‘qituvchisi, jangovar sambo bo‘yicha milliy terma jamoa sportchisi, jahon miqyosidagi musobaqalarda oltin medalni qo‘lga kiritgan Muminjan Abdilhakimovich Arzikulov 2025-yilda ishlab chiqarilgan, oq rangli “Toyota Camry HEV 2.5L” rusumli yengil avtomobillar bilan taqdirlandi.
Bundan tashqari, jahon miqyosidagi musobaqalarda oltin medallarni qo‘lga kiritgan Lebap viloyati Farap etrabi 4-son sport maktabining murabbiy-o‘qituvchisi, jangovar sambo bo‘yicha milliy terma jamoa sportchisi Ziba Jumakuliyevna Orunova hamda Turkmanabat shahridagi 1-son sport maktabining murabbiy-o‘qituvchisi, jangovar sambo bo‘yicha milliy terma jamoa sportchisi Madina Rahimovna Aydog‘diyeva ham 2025-yilda ishlab chiqarilgan, oq rangli “Toyota Camry HEV 2.5L” rusumli yengil avtomobillar bilan mukofotlandi.
Mazkur mukofotlar mamlakatimizda sport sohasiga qaratilayotgan alohida e’tibor, murabbiylar va sportchilarning mehnatiga berilayotgan yuksak bahoning yaqqol ifodasi bo‘lib, yosh avlodni sportga ruhlantirishda muhim ahamiyat kasb etadi.
