Turkmanobod shahrining Azatlik mavzesidagi yangi suv inshooti
Mamlakatimizda aholining yashash va turmush darajasini yanada oshirish maqsadida zamonaviy uskunalar bilan jihozlangan ilg‘or inshootlar izchil ravishda foydalanishga topshirilmoqda. Shunday mukammal inshootlardan biri Lebap viloyatining Charjov etrabida joylashgan “Do‘stlik” dehqon birligi hududidagi suv bosimini oshiruvchi stansiya hamda ichimlik suvi quvuridir.
Mazkur yangi inshoot Turkmanobod shahrining Azatlik mavzesi aholisini toza ichimlik suvi bilan ta’minlash uchun mo‘ljallangan. Suv bosimini oshiruvchi stansiya va ichimlik suvi quvurining qurilishi “Ark” xususiy korxonasi tomonidan amalga oshirildi. Yangi inshoot 1,14 gektar maydonda joylashgan bo‘lib, bir sutkada 389 kub metr suv uzatishga mo‘ljallangan, quvvati 132 kVt bo‘lgan 4 ta elektr dvigatelidan; elektr energiyasi bilan uzluksiz ta’minlash uchun quvvati 630 kVt bo‘lgan 2 ta elektr podstansiyasidan; shuningdek, quvvati 500 kVt bo‘lgan, dizel yoqilg‘isida ishlovchi zaxira elektr energiyasi generatoridan iborat.
Yangi ichimlik suvi stansiyasida kelayotgan tozalangan suvni saqlash uchun usti yopiq suv omborlari o‘rnatilgan: hajmi 2 500 kub metr bo‘lgan bitta va hajmi 1 000 kub metrga teng bo‘lgan ikkita ombor. Tozalangan ichimlik suvi bu yerga “Lebapwelaýatagyzsuw” ishlab chiqarish birlashmasidan uzunligi 15,1 kilometr bo‘lgan quvurlar orqali keltiriladi. Bir sutkada 4 500 kub metr suv uzatish quvvatiga ega bo‘lgan suv bosimini oshiruvchi stansiyadan toza ichimlik suvi 4,3 kilometr masofaga — Azatlik mavzesiga, ya’ni to‘g‘ridan-to‘g‘ri iste’molchilarga yetkazib beriladi.
