Xpeng G7 – 9 daqiqada 10 mingta buyurtma

Xitoyning elektr avtomobil ishlab chiqaruvchisi Xpeng yangi taqdim etilgan G7 nomli elektro krossoveri bilan rekord o‘rnatmoqda.

Jul 5, 2025 - 18:08
Xpeng G7 – 9 daqiqada 10 mingta buyurtma
Krossoverning narxi 195 800 yuandan (taxminan 2,15 million rubl) boshlanadi. Manba: autohome.com.cn

Xitoyning elektr avtomobil ishlab chiqaruvchisi Xpeng, yangi taqdim etilgan G7 nomli elektro krossoverining sotuvga chiqishi boshlangan dastlabki 9 daqiqa ichida 10 mingdan ortiq buyurtma olganini ma’lum qildi. Ushbu ko‘rsatkich Xiaomi YU7 oldingi rekordini yangilashi mumkin.

Yangi Xpeng G7 boshlang‘ich narxi 195 800 yuandan boshlanadi. Mashina 296 ot kuchiga ega elektr dvigateli bilan jihozlangan. 0 dan 100 km/soat tezlikka borishi atigi 6,5 soniya davom etadi. 68,5 kVt·soat va 80,8 kVt·soat batareya variantlari taqdim etiladi. Yangi krossover mos ravishda 602 km va 702 km masofani bosib o‘ta oladi. To‘liq quvvat olish 12–15 daqiqa davom etadi.

G7 ning eng ajralib turadigan xususiyatlaridan biri — 87 dyuymli proyeksiya displeyidir. Ushbu displey Huawei tomonidan ishlab chiqilgan bo‘lib, uning ishlanilishiga 1,4 milliard dollar sarflangan. An’anaviy panel yo‘q — barcha ma’lumotlar old oynada aks ettiriladi. Displey, yo‘l qatoridagi AR (kengaytirilgan haqiqat) navigatsiyasi, haydovchi uchun ogohlantirishlar, avtomobil holati, video kameralari va to‘xtash ko‘rsatmalarini ko‘rsatadi.

Krossoverning yuqori modeli 225 800 yuanga (taxminan 2,5 million rubl) sotiladi va yangi avlod avtopilot tizimiga ega. Ushbu tizim Xpeng tomonidan ishlab chiqilgan bo‘lib, 2250 TOPS hisoblash quvvatiga ega uchta mikroprotsessor orqali ishlaydi.

Yangi G7 brendning G6 va G9 modellari orasida joylashgan. Mashinaning o‘lchamlari: uzunligi – 4892 mm, eni – 1925 mm, balandligi – 1655 mm, g‘ildiraklar oralig‘i – 2890 mm. Avtomobil ikki qator o‘rindiqqa ega va yukxonasining hajmi 819 litrni tashkil qiladi.