Nyu-Yorkda ikkita samolyot to‘qnashdi: jarohat olgan bor
Nyu-Yorkdagi La-Guardiya aeroportida “Delta Air Lines” aviakompaniyasiga tegishli ikkita mintaqaviy samolyot to‘qnashib ketdi.
Hodisa oqibatida bir styuardessa jarohat oldi. Xavfsizlik nuqtayi nazaridan aeroportdagi ikki yo‘lak vaqtincha yopildi.
Xorijiy OAV xabarlariga ko‘ra, aeroport vakili shunday degan: “Samolyotlardan birining o‘ng qanoti boshqasining burni bilan to‘qnashgan.”
Mazkur hodisa yuzasidan AQSH Federal aviatsiya boshqarmasi (FAA) va Transport xavfsizligi bo‘yicha milliy kengash (NTSB) ishtirokida tergov ishlari boshlandi.
