Olimlar selfi orqali biologik yosh va saraton bilan kasallanganlar uchun yashash ehtimolini aniqlovchi sun'iy intellekt yaratdi

Amerikalik olimlar Mass General Brigham klinikasida FaceAge nomli yangi sun’iy intellekt tizimini taqdim etishdi. U oddiy selfilarni tahlil qilib, odamning biologik yoshini va saraton bilan kasallangan bemorlarning yashash muddatini bashorat qila oladi. Tadqiqot natijalari The Lancet Digital Health jurnalida chop etildi.

Jun 12, 2025 - 09:05
 0
Olimlar selfi orqali biologik yosh va saraton bilan kasallanganlar uchun yashash ehtimolini aniqlovchi sun'iy intellekt yaratdi

Tadqiqotda 59 mingdan ortiq yuz rasmi va 6200 ta saraton bemorining ma’lumotlari tahlil qilindi. Ma’lum bo‘lishicha, saraton kasalligiga chalinganlar o‘zining haqiqiy yoshiga nisbatan o‘rtacha 5 yilga katta ko‘rinadi. Bu esa FaceAge’ga biologik qarish va umr davomiyligini aniq bashorat qilish imkonini berdi.

Mass General Brigham direktori Xyuqo Aerts shunday dedi: “Insonning o‘z yoshidan qariroq ko‘rinishi sog‘lig‘ini baholashda juda muhim.”

FaceAge dasturining foydalari:

  • Surat orqali biologik yoshni baholash

  • Og‘ir kasalliklarda yashash ehtimolini aniqlash

  • Palliativ tibbiyotda qaror qabul qilishda yordam

Dastur qarilik bilan bog‘liq boshqa surunkali kasalliklarni aniqlashda ham ishlatilishi mumkin.

Ammo texnologiyaning cheklovlari mavjud: algoritm asosan oq tanlilar yuzida o‘qitilgan, yorug‘lik, kosmetika, pardoz-andoz natijaga ta’sir qilishi mumkin. Olimlar FaceAge’ni yanada turli guruhlarda sinab ko‘rishni rejalashtirmoqda.