Olimlar tizzadagi og‘riqni kamaytirish yo‘lini topdilar
Mass General Brigham markazi olimlariga ko‘ra, tizza bo‘g‘imining artrozi (osteoartriti) bilan og‘rigan bemorlar uy sharoitida mashqlarni bajarganda og‘riq ancha kamayadi. Bu natija fizioterapevt huzuriga muntazam borish bilan bog‘liq emas — demak, mustaqil mashq qilish ham foydali bo‘lishi mumkin. Tadqiqot natijalari New England Journal of Medicine (NEJM) jurnalida chop etilgan.
Tadqiqotda o‘rtacha 59 yoshli 879 kishi ishtirok etdi. Ular tasodifiy tarzda uch guruhga bo‘lindi:
-
faqat uyda mashq qilganlar,
-
mashqlarni oddiy fizioterapiya bilan birlashtirganlar,
-
mashqlarni soddalashtirilgan (“plasebo”) fizioterapiya bilan birlashtirganlar.
Uy mashqlari dasturiga haftasiga 4 marta, 25 daqiqa davom etadigan cho‘zilish va oyoq mushaklarini mustahkamlash mashqlari kiritilgan. Ishtirokchilarga o‘quv videolari va qo‘llanmalar berildi.
Fizioterapiya guruhidagi bemorlar shifokor bilan quyidagicha uchrashdilar:
-
birinchi oyda haftasiga 2 marta,
-
ikkinchi oyda haftasiga 1 marta,
-
uchinchi oyda har ikki haftada 1 marta.
Professor Jeffri Katzning so‘zlariga ko‘ra:
“Tadqiqot boshida ishtirokchilar o‘rtacha kuchli og‘riqni sezganini aytishdi. Uch, olti va o‘n ikki oydan keyin ularning og‘riqlari ancha kamaydi.”
Olimlarning xulosasiga ko‘ra, uyda bajariladigan mashqlar artroz og‘rig‘ini kamaytirishda samarali va arzon usul bo‘lishi mumkin. Agar mashqlar mutaxassis nazorati ostida bajarilsa, natija yanada yaxshilanadi.
