O‘z avlodining so‘nggi vakili: Dunyodagi yagona oq jirafa
Dunyodagi yagona oq jirafa Keniyaning Garissa tumanidagi Ishaqbini Hirola qo‘riqxonasida yashaydi. U noyob genetik holat bo‘lgan lökizm bilan tug‘ilgan. Bu holat rang pigmentlarining qisman yo‘qolishiga olib keladi. Lökizmga chalingan hayvonlarning ko‘z rangi albinolardagi kabi qizil yoki pushti emas, oddiy rangda bo‘ladi.
Ushbu jirafa oq rangdagi urug‘ning ovchilardan qochib qutulgan yagona vakilidir.
Olimlar jirafani himoya qilish maqsadida uning boshidagi ossikonlardan (boshi ustidagi shoxga o‘xshash tuzilma) biriga quyosh energiyasi bilan ishlaydigan GPS kuzatuvchi o‘rnatishdi. Ushbu uskuna har soatda uning joylashuvini olimlarga yuboradi. Shunday qilib, qo‘riqxona xodimlari — rengerlar uning harakatini kuzatib borishadi va xavfli yoki tavakkalchilikli joylarga kirganda tezda hayvonga yordam berishadi.
Bu tashabbus Keniyada noyob uchraydigan hayvonlarni ovchilardan himoya qilish bo‘yicha keng ko‘lamli dasturining muhim qismidir.
Doimiy xavf-xatarlar bilan yuzma-yuz bo‘lgan tabiatda omon qolgan yagona oq jirafaning tarixi, tabiatning qanchalik nozik ekanligini eslatadigan kuchli ogohlantirishdir.
