O‘zbekiston AQSH fuqarolari uchun vizasiz tartibni joriy etadi
2026-yil 1-yanvardan boshlab, O‘zbekiston AQSH fuqarolari uchun vizasiz tartib joriy etadi.
Bu haqda Report agentligi mahalliy OAVlarga tayanib xabar berdi. Ma’lum qilinishicha, O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev *“2025–2026-yillarda turistlar oqimini keskin oshirish, turizm xizmatlari hajmini tez kengaytirish hamda turizmning iqtisodiyotdagi o‘rni va ahamiyatini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”*gi farmonni imzolagan.
Hujjatga ko‘ra, AQSH fuqarolari mamlakat hududida vizasiz 30 kungacha bo‘lish huquqiga ega bo‘ladi.
Bayonotda aytilishicha, bu qadam ikki tomonlama munosabatlarni mustahkamlash, turistik almashinuvni rag‘batlantirish hamda O‘zbekistonning ochiq va mehmondo‘st sayyohlik yo‘nalishi sifatidagi xalqaro nufuzini oshirishga qaratilgan.
Avvalroq, Shavkat Mirziyoyev va AQSH prezidenti Donald Tramp kelasi hafta Vashingtonda uchrashishi xabar qilingan edi.
