Portugaliya Germaniyani mag‘lub etib, Millatlar Ligasi finaliga chiqdi

Portugaliya terma jamoasi UEFA Millatlar Ligasi 2024/2025 mavsumi yarim finalida Germaniyani 2:1 hisobida mag‘lub etdi.

Portugaliya Germaniyani mag‘lub etib, Millatlar Ligasi finaliga chiqdi

Uchrashuv 4-iyun kuni Myunxen shahridagi “Arena Munich” stadionida bo‘lib o‘tdi. Bahs bosh hakami Sloveniya vakili Slavko Vinchich bo‘ldi.

O‘yin sharhi:

48-daqiqada “Bayer” yarim himoyachisi Florian Virts Germaniyani hisobda oldinga olib chiqdi. Ammo Portugaliya javob zarbasini uzoq kutdirmadi: 63-daqiqada Shiku Konseysau hisobni tenglashtirdi, 68-daqiqada esa Krishtianu Ronaldu g‘alaba golini urdi.

Yarim finalgacha bo‘lgan yo‘l:

Germaniya:

Guruh bosqichi: 4 g‘alaba, 2 durang

Niderlandiya: 2–2, 1–0

Vengriya: 5–0, 1–1

Bosniya va Gersegovina: 2–1, 7–0

1/4 final: Italiyani 2–1 va 3–3 natijasi bilan yengdi

Portugaliya:

Guruh bosqichi: 4 g‘alaba, 2 durang

Xorvatiya: 2–1, 1–1

Polsha: 3–1, 5–1

Shotlandiya: 2–1, 0–0

Chorak final: Daniyaga 0–1 yutqazib, javob uchrashuvida 5–2 hisobida g‘alaba qozondi

Finalda kimga qarshi o‘ynaydi?

Ispaniya va Fransiya o‘rtasidagi yarim final 5-iyun kuni, Ashxobod vaqti bilan 00:00 da boshlanadi.

Millatlar Ligasi finali 8-iyun kuni soat 23:45 da, uchinchi o‘rin uchun o‘yin esa 16:00 da o‘tkaziladi.

Eng so‘nggi futbol yangiliklari uchun bizga obuna bo‘ling!