CAVA 2025 Erkaklar Millatlar Ligasi Final Kuni: Farg‘onada Voleybol Bayrami
Bugun Farg‘ona shahrida CAVA 2025 Erkaklar Millatlar Ligasi musobaqasining final bosqichi bo‘lib o‘tmoqda. Osiyoning eng kuchli erkaklar voleybol terma jamoalari to‘plangan. Tomoshabinlarni uchta qiziqarli o‘yin va tantanali yopilish marosimi kutmoqda.

Final kunining jadvali:
-
10:00 – Saralash o‘yini: Qirg‘iziston – Turkmaniston
Turkmaniston jamoasi raqibini 3:0 hisobida ishonchli mag‘lub etib, jamoaviy o‘yinini namoyon etdi. -
12:30 – Bronza medali uchun o‘yin: Qozog‘iston – Pokiston
Turnir davomida yorqin va hujumkor o‘yin ko‘rsatgan jamoalar uchinchi o‘rin uchun kurashadi. -
Final: Eron – Hindiston
Musobaqaning eng muhim uchrashuvi: Osiyoning ko‘p karra chempioni bo‘lgan Eron kuchli raqib – Hindiston bilan finalda to‘qnash keladi.
Voleybol — do‘stlik ko‘prigi
CAVA Millatlar Ligasi faqat sport emas, balki xalqaro aloqalarni mustahkamlash, tajriba almashish va Markaziy hamda Janubiy Osiyoda voleybolni rivojlantirish uchun muhim platformadir.
Yopilish marosimi
Final uchrashuvidan so‘ng g‘oliblar taqdirlanadi va O‘zbekiston tomonidan madaniy dasturlar namoyish etiladi.