Rossiya va Qozog‘iston yangi magistral gaz quvurini qurish bo‘yicha memorandum imzoladi

Gazprom kompaniyasi va Qozog‘iston hukumati Rossiyadan Qozog‘istonga yangi magistral gaz quvurini qurish loyihasini amalga oshirish bo‘yicha memorandum imzoladi.

Oct 9, 2025 - 08:59
Rossiya va Qozog‘iston yangi magistral gaz quvurini qurish bo‘yicha memorandum imzoladi

Report agentligining Rossiya OAVlariga tayangan holda xabar berishicha, bu haqda Gazprom gaz kompaniyasining rasmiy bayonotida aytilgan.

Hujjat Gazprom boshqaruvi raisi Aleksey Miller hamda Qozog‘iston Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari Roman Sklyar o‘rtasidagi ishchi uchrashuv doirasida imzolangan.

Tomonlar Qozog‘istonning tabiiy gazga bo‘lgan tobora ortib borayotgan ehtiyojlarini inobatga olgan holda, uzoq muddatli hamkorlikka sodiqliklarini ta’kidladilar.

Shuningdek, Qozog‘iston gazining Rossiyada uzoq muddatli qayta ishlanishi bo‘yicha asosiy shartlar to‘g‘risida kelishuv imzolandi. Hujjat Karachaganak konidan olinadigan gazni Rossiyadagi Orenburg gazni qayta ishlash zavodida qayta ishlash borasidagi hamkorlikni mustahkamlaydi. Mazkur zavod modernizatsiya qilinadi.