Samsung 2 nm ishlab chiqarishga o‘tmoqda — kompaniya 1,8 milliard dollarlik yangi uskuna sotib oladi
Dunyoning yetakchi texnologik kompaniyalaridan biri bo‘lgan Samsung Electronics mikrochip ishlab chiqarishda yangi bosqichga o‘tmoqda. Kompaniya 2 nanometr (nm) ishlab chiqarish jarayoniga o‘tish uchun eng zamonaviy uskuna sotib olmoqda.
Kompaniyaning ma’lumotlariga ko‘ra, EUV (ekstremal ultrabinafsha litografiya) texnologiyasida ishlaydigan yangi ishlab chiqarish uskunalari narxi har biriga 210 milliondan 400 million dollargacha bo‘ladi. Loyihaning umumiy investitsiyasi 1,8 milliard dollarga yetadi.
Yangi uskuna qatorida yuqori aniqlikdagi litografiya tizimlari — High NA EUV ham bor. Ushbu texnologiya aniqlikni 1,7 barobar, tranzistor zichligini 3 barobar va optik aniqlikni 40% ga oshiradi.
Samsung beshta oddiy EUV uskunasini o‘rnatib, ma’lumotlarni saqlash bo‘limi uchun mustaqil ishlab chiqarish liniyasini yaratmoqchi. Oldin bu bo‘lim P’yongtekdagi plastinka ishlab chiqarish zavodidagi umumiy uskunalardan foydalangan.
Shuningdek, kompaniya yana ikki dona High NA EUV tizimini sotib olmoqda. Ularning biri 2025 yil oxiri yoki 2026 yil boshida ishga tushiriladi. Bir uskuna Hwaseong zavodida, ikkinchisi esa ehtimol Taylor’dagi plastinka ishlab chiqarish markazida joylashadi.
Mutaxassislar ta’kidlashicha, bu qadam Samsungning mikrochip ishlab chiqarish quvvatlarini sezilarli darajada oshiradi va kompaniyaning TSMC bilan raqobatini kuchaytiradi.
