SKYWORTH dunyoning eng yirik TV brendlari qatoriga kirdi

Tarixda birinchi bor Xitoyning SKYWORTH kompaniyasi dunyoga mashhur yapon Sony kompaniyasidan televizor ishlab chiqarish bo‘yicha daromad olishda o‘zib ketib, ushbu sohada dunyoning yetakchi 5 brendi qatoriga kirib oldi.
Tadqiqot kompaniyasi Omdia ma’lumotlariga ko‘ra, SKYWORTH joriy yil boshidan beri 50 milliondan ortiq televizor sotdi. Kompaniyaning mijozlarining katta qismi Osiyo davlatlariga tegishli ekanligi alohida ta’kidlanadi.
Mutaxassislar brendning tez o‘sishini televizorlarga quyidagi imkoniyatlarning joriy etilishiga bog‘lashmoqda:
-
Sun’iy intellekt funksiyalari,
-
Shuningdek, Mini LED texnologiyasining qo‘llanilishi.
So‘nggi yillarda Xitoyning SKYWORTH, Hisense va TCL kabi brendlari ushbu sohadagi jahon yetakchilari — Sony, Samsung va Philips kompaniyalari bilan raqobatini kuchaytirmoqda.