SpaceX eng qimmatli xususiy kompaniya bo‘ladi

Ilon Mask SpaceX kompaniyasining aksiyalarini sotish bo‘yicha muzokaralar boshladi. Mutaxassislarning fikricha, agar bu muzokaralar muvaffaqiyatli yakunlansa, kompaniyaning qiymati 400 milliard AQSh dollariga yetadi. Natijada, SpaceX dunyoning eng qimmatli xususiy kompaniyasiga aylanadi.
Bloomberg nashrining xabar berishicha, bir aksiya narxi 212 AQSh dollarini tashkil etadi.
Oldingi xabarlarda aytilishicha, SpaceX Ilon Maskning sun’iy intellekt startapi xAI tomonidan yaratilgan “Grok” chatbotini rivojlantirish uchun 2 milliard AQSh dollari miqdorida investitsiya qilgan.
O‘tgan haftaning oxirida SpaceX’ning rasmiy veb-sayti yangilandi. Endi saytdan foydalanuvchilar yaqin vaqt ichida amalga oshiriladigan kosmik parvozlar haqida ma’lumot olishlari mumkin.
Shuningdek, may oyining boshida Ilon Maskning Starbase kosmodromiga shahar maqomi berilganini ta’kidlash lozim. Hozirda bu yangi shaharda yashovchilarning katta qismi SpaceX xodimlari va ularning oilalari hisoblanadi.