Turkmaniston chegara nazorat-o‘tkazish punktlari kunu-tun ishlamoqda.

Hozirda taxminan 50 ta davlat Turkmanistondan Eronni tark etayotgan o‘z fuqarolarining o‘tishini ta’minlashda yordam berishni so‘ragan. Bu haqda Turkmaniston Tashqi ishlar vazirligining rasmiy saytida xabar berilgan.
Shu munosabat bilan Turkmaniston chegara nazorat-o‘tkazish punktlaridan 2000 dan ortiq kishi o‘tgan — Markaziy Osiyo davlatlari, Rossiya, Janubiy Koreya Respublikasi, BAA, Saudiya Arabistoni, Oman, Bahrayn, Qatar, Quvayt, Germaniya, Shveysariya, Daniya, Buyuk Britaniya va boshqa davlatlar fuqarolari.
Turkman tomon xorijiy fuqarolarning chegarani muammosiz kesib o‘tishini va ularning vatanga qaytishini ta’minlash uchun zarur choralarni ko‘rmoqda, mamlakatning quruqlik yo‘llari hamda Ashxobod xalqaro aeroportini xizmatga taqdim etmoqda.