Abdulla Babaev "Fight Nights" turnirida ketma-ket to‘rtinchi g‘alabasini qo‘lga kiritdi

Türkmenistonlik aralash jang san’ati (MMA) jangchisi Abdulla Babaev “Fight Nights” promousheni doirasida o‘zining ketma-ket to‘rtinchi g‘alabasini qo‘lga kiritdi. U Rossiyalik Xabib Guseynovni Ulyanovsk shahrida o‘tgan turnirda ikkinchi raundda bo‘g‘ish usuli bilan mag‘lub etdi.
24 yoshli sportchi hozirda 4 jangda 4 g‘alaba natijasiga ega bo‘lib, ularning barchasini bo‘g‘ish usuli bilan yakunlagan.
Babaev jangga tayyorgarlikni Maxachqal’adagi Abdulmanap Nurmagomedov nomidagi sport zalida olib borgan.