Turkmaniston Isroilning Eron hududlariga bergan zarbalaridan xavotir bildirdi
Turkmaniston Tashqi ishlar vazirligi Isroil tomonidan Erondagi aholi punktlari va obyektlarga uyushtirilgan raketa hujumlariga munosabat bildirdi.

Vazirlik Yaqin Sharqdagi keskinlik kuchayib borayotganidan xavotir bildirib, mojaroni tinch yo‘l bilan hal etishga chaqirdi.
“Turkman tomoni BMT Nizomi va xalqaro huquqning umumiy qabul qilingan normalariga asoslangan holda murakkab vaziyatlarni faqat siyosiy va diplomatik vositalar bilan hal qilish zarurligini ta’kidlaydi”, — deyiladi bayonotda.
Mamlakat o‘zining BMT tomonidan tan olingan doimiy betaraflik maqomini eslatib, siyosiy va boshqa muammolarni kuch ishlatish yoki kuch bilan tahdid qilish yo‘li bilan hal etishni rad etdi.